avatar
Куч
900.74
Рейтинг
+397.29

BuxDU ma'naviyat va ma'rifat

Мақолалар

“Ustoz-shogird” mavzusidagi tadbir

Filologiya fakulьteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi L.J.Jalilova va Turayeva X.T. tashabbuslari bilan  filologiya fakulьteti 1-bosqich 6-9chi-18, 6-10chi-18,6-11chi-18 guruh talabalari ishtiroqida joriy yilning 13 oktyabrь kuni BuxDU ma‘ruzalar zalida professor, filologiya fanlari doktori Baqoyeva Muhabbat Qayumovna bilan kasb faoliyati saboqlarini davom ettirish maqsadida “Ustoz – shogird” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Til — millat ko‘zgusi

Har yili 21 oktyabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida o‘zgacha g‘urur, faxr va iftixor bilan  keng nishonlanadi.  Albatta, har bir millat o‘z ona tiliga ega. Ulkan boylik, bebaho qadriyat sifatida e‘zozlanadigan tilda ajdodlarining bebaho merosi, tarixi, o‘tmishi va buguni yashaydi. O‘zligini anglagan har bir millat va elat uchun til bebaho va tengsiz boylik sanaladi.

Ichki turizm – ma’naviy targ‘ibot maydoni

Turizm industriyasi, xususan ichki turizm yurtimiz iqtisodiyotining muhim tarmog‘i hisoblanadi. Mamlakatimizning har bir hududi o‘ziga xos turistik jozibaga ega. Qadim o‘tmishdan so‘zlovchi tarixiy yodgorliklarni ko‘rish, boy merosimizni o‘rganish  har bir kishida milliy o‘zlikni anglash, an’ana va qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantiribgina qolmay, o‘z vatani tarixini bilishga, ajdodlar merosini o‘rganish orqali shu yurt farzandi ekanligidan faxr, g‘urur tuyg‘ularini rivojlantiradi.

Najot – ilm-u fanda

Akademik, fizika-matematika fanlari doktori Bahodirxonov Mexamed Kabir Saidxonovich hamda fizika-matematika fanlari doktori, professor Iliyev Xalmurat Midjitovich “Yоshlarni ilmga qiziqish va intilishlarini oshirish” shiori ostida buxorolik talabalar va maktab o‘quvchilari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdilar.
 
Buxoro davlat universiteti talabalari  bilan bo‘lgan uchrashuvda akademik M.Bahodirxonov yoshlar qalbiga ilm-fanga bo‘lgan muhabbat quyoshini yoqa oldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tadbirni BuxDU rektori A.To‘laganov ochib berdi.
 
  • Shuni unutmangki, aziz o‘g‘il-qizlarim, ilm-fan millat taraqqiyoti va mamlakatni dunyoga namoyon etishga xizmat qiladigan asosiy omillardan biridir,-deya so‘z

Universitetda “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat”, “Eng yaxshi bayon” tanlovi o‘tkaziladi

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi yig‘ilishining 2018 yil 7 iyundagi 4-son bayonnomasi 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Kasb-hunar ta’limi markazi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida “Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol  bo‘lishimiz shart”  shiori ostida “Eng yaxshi plakat , “Eng yaxshi surat”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha  oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida Respublika tanlovini o‘tkazish maqsadida qo‘shma qaror imzolandi. Qo‘shma qarorga asosan

“Shuhrat” medali muborak bo`lsin

 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 sentyabrdagi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta‘lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan yurtimizning bir guruh ustoz va murabbiylari qatorida oliy ta‘lim tizimida fidokorona mehnat qilayotgan pedagoglar ham taqdirlandi.   Mazkur pedagoglar orasida Buxoro davlat universitetining ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Xodjayeva Dilafro‘z Izatilloyevna  “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Universitetda “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusidagi “Eng yaxshi maqola tanlovi” o`tkazilmoqda

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 martdagi bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 9-bandida belgilangan vazifalar hamda Vazirlikning 2018 yil 20 sentyabrdagi 795-sonli buyrug‘i ijrosini ta‘minlash maqsadida Buxoro davlat universitetida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida “Eng yaxshi maqola” tanlovi o‘tkaziladi.

Buxoro davlat universitetida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan yetakchi saylandi

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, navqiron avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, vatanparvar va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida ulg‘aytirish borasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi zimmasiga katta vazifalar yuklatilgan. Bunda ushbu tuzilmaning quyi tizimlari, jumladan, oliy o‘quv yurtlaridagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilaridan katta mas’uliyat talab etiladi.

BuxDUda attestatsiya jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 16-iyuldagi 302-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvali”ga hamda 2018-yil 7-sentabrdagi №353-son buyrug‘iga asosan joriy yilning 10-23- sentabr kunlari Buxoro davlat universiteti davlat akkreditatsiya muddati tugaganligini inobatga olib, attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.

Zahmat samarasi

Hayot oqar daryo, deydilar. 24 yoshida, ya’ni 2005 yilda Buxoro davlat universitetiga oddiy o‘qituvchi bo‘lib ishga kirgan Bahodir Ma’murov tezda jamoaga qo‘shilib ketdi. YOshlik shijoati ila 2009 yilda pedagogika fanlari nomzodi unvoniga erishdi.

Mehnat qilgan elda aziz deydilar. Izlanishlar, intilishlar yana o‘z samarasini berdi. Bugungi kunda ya’ni 37 yoshida B.Ma’murov Pedagogika fanlari doktorligini munosib himoya qildi. Bu katta mehnat va zahmat samarasi.