avatar
Куч
900.74
Рейтинг
+397.29

BuxDU ma'naviyat va ma'rifat

Мақолалар

O’zbek oilalarida urf-odat marosimlar va bola tarbiyasi

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
Joriy yilning 22 may kuni Pedagogika fakulteti talabalari tomonidan Oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan o’rnini targ’ib qilish maqsadida “Xalqaro oila kuni”ga bag‘ishlab, “O’zbek oilalarida urf-odat marosimlar va bola tarbiyasi” mavzusidagi 4-1PPS-16 va 4-2PPS-16 guruh talabalar o’rtasida  bellashuv o’tkazildi.

Turizm fakulteti talabalarining Birjaga qiziqarli va mazmunli tashrifi…

2018 yil 17-may kuni universitetimizning Turizm fakulteti 3-1XS-15 guruh talabalari va iqtisod kafedrasi o’qituvchisi D.Narziyeva boshchiligida O’zbekiston Respublikasi tovar — xomashyo birjasi Buxoro filialiga tashrif  buyurishdi. Ushbu tashrif chog’ida universitet talabalarini  Tovar-xomashyo birjasi elektron savdolar bo’yicha mutaxassis SafarovA.S. kutib oldi va yoshlar bilan mazmunli suhbat olib bordi.

Profilaktik-ogohlantiruv uchrashuv navbati Jismoniy madaniyat fakultetida

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
Har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma‘naviy hayotiga xavf soladigan, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illat korruptsiyadir.Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta‘minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish va bunda korruptsiya jinoyatiga qarshi kurashish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Buxoro davlat universitetida Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil etildi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi 936-sonli qaroriga ko’ra barcha viloyatlardagi oliygohlar tuzilmasida Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyining tashkil etilishi belgilab qo’yilgan edi. Buxoro davlat universitetida ham ushbu qaror ijrosi bo’yicha qator tashkiliy va ilmiy izlanishlar olib borilishi natijasida 2018 yil 18 mayda universitet tuzilmasida  Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari muzeyi direktori B.V.Hasanov, viloyat hokimligi vakillari, “Nuroniy”, “Mahalla” xayriya jamg’armalari, professor-o’qituvchilar, talabalar va

“Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining hududiy bosqichida BuxDU jamoasi mutloq g`olib

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
   Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta‘minlash, yuksak ma‘naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrida siyosat va huquq sohalaridagi o‘zgarishlar va erishilgan yutuqlar bo‘yicha tarix, siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida oliy ta‘lim muassasalarida

Birlashgan Millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) ning doimiy vakili Xelena Frayzerning tashrifi

Buxoro davlart universitetiga 2018-yil 17-may kuni BMTTD Birlashgan Millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturining O`zbekistondagi doimiy vakili Xelena Frayzer xonimlari tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida Xelena Frayzer xonimlari universitet rektori A.A To`laganov hamda BuxDU professor-o`qituvchilari, talabalari bilan uchrashib davra suhbati o`tkazdi.

Germaniyaning O`zbekistondagi elchisi Gunter Leo Overfeld janoblarining tashrifi

2018-yilning 16-may kuni Buxoro davlat universitetiga Germaniyaning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Gunter Leo Overfeld tashrif buyurdi. Buxoro Davlat Universiteti rektori A.A.To`laganov, elchi janoblari va filologiya fakulteti, nemis va fransuz tillari kafedrasining bir guruh professor-o`qituvchilari hamda talabalari bilan davra suhbati bo`lib o`tdi. U o`z nutqida O`zbekistonda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarga katta e’tibor qaratilganligi, jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori asosida oliy ta’lim tizimida jadal o`zgarishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab o`tdi. Shuningdek chet

“Sog‘lom oila –jamiyat boyligi ” shiori ostida havaskor velosportchi xotin-qizlar o‘rtasida velomarafon

Joriy yilning 12 may kuni  15 may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Sog‘lom oila –jamiyat boyligi ” shiori ostida havaskor velosportchi xotin-qizlar o‘rtasida velomarafon tashkil etildi. Velomarafonda universitet talaba qizlari jamoasi faol ishtirok etib diplom va qimmatbaho sovg‘alar

"Yoshlar – kelajak bunyodkori!" shiori ostida “Yoshlar festivallari”

Viloyat hokimining 2018 yil 20 fevraldagi  43-f-sonli farmoyishiga asosan 2018 yil 11 may kuni “Yoshlar – kelajak bunyodkori!” shiori ostida “Yoshlar festivallari”ning viloyat bosqichi o‘tkazildi.  “Yosh qo‘shiq ijrochilari”, “Yoshlar cholg‘u ansambllari va orkestlari” va “Talabalar teatr studiyalari” festivallari o‘tkazildi. Festival yuqori ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Festival ishtirokchilarini baholash uchun malakali mutaxassislardan iborat hakamlar hay‘ati Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilaridan shakllantirildi.

Badiiy gimnastika bo’yicha “Королева Весна” ochiq turniri

2018 yil 5-6 may kunlari Moskva shahrida badiiy gimnastika bo’yicha “Королева Весна” ochiq turniri bo’lib o’tdi. Ushbu turnirda Buxoro shahridan  o’z tengdoshlari orasida 2008 yilda tug’ilgan Xudoyarova Jasmina 1-o’rinni, 2010  yilda tug’ilgan Rajabova Fotimabegim 2-o’rinni egalladi.

BuxDUda “Karera kuni-2018” mehnat yarmarkasi

2018 yil 8 may kuni Buxoro davlat universitetida 2017-2018  o’quv yili bitiruvchilarini ishga taqsimlash yuzasidan ish beruvchilar hamda Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari (Buxoro davlat universiteti, Buxoro muhandislik texnologiya instituti, Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali, Buxoro davlat tibbiyot instituti) bitiruvchilari ishtirokida o’tkazilgan “Karera kuni-2018” mehnat yarmarkasi bo’lib o’tdi.

Pedagogik tarixiy tafakkur yoshlar nigohida

 Ta‘lim — tarbiya jarayonida kecha – bugun — erta integratsisini rivojlantirish,  talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida  2018 yil 10 may kuni Buxoro davlat universiteti faollar zalida “Pedagogik tarixiy tafakkur yoshlar nigohida” nomli bellashuv bo‘lib o‘tdi. Tanlovda talabalar tanishtiruv, sahna asari va erkin mavzu  shartlari  bo‘yicha bellashishdi. Bellashuvda faollik ko‘rsatgan, g‘olib bo‘lgan talabalar naminatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. Tadbirni tashkillashtirishda Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi G.V.Izbullayeva faol ishtirok etdi.  

“Jaholatga qarshi ma’rifat” har doimgi shiorimiz bo’lishi lozim

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
  “Jaholatga qarshi ma’rifat”  har doimgi shiorimiz bo’lishi lozim
Buxoro Davlat Universiteti, Tabbiy fanlar fakulteti, Tuproqshunoslik va   
geografiya ta’lim yo’nalishi, 2-1 GEO-15 guruh talabasi Raxmonov Ravshanbek Ziyodulla o’g’li
  Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi yangi jamiyatga o’tish ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Odamlarda yangi jamiyatga nisbatan yangi munosabatni  shakllantirish jarayoni ma’rifat orqali kеchadi. Ma’rifat-insonning ma’naviy qaramlik, qo’rquv va hadiksirashdan qutilishiga ijobiy ta’sir etib, uning chеksiz kuch-qudratga ega bo’lishiga    yordam bеradi. Bu haqida xalqimizning boy tarixidan ko’plab misollar

Diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini men qanday tushunaman.

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
                             Diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini men qanday tushunaman.
Buxoro Davlat Universiteti, Tabiiy fanlar fakulteti, Tuproqshunoslik va
geografiya ta’lim yo’nalishi, 2-1 GEO-15 guruh talabasi Raxmonov Ravshanbek.
   XXI asr-internet, ajoyib kashfiyotlar asri, inson Koinot sirlari qo’yniga kirib borayotgan asr, axborot va g’oyat ulkan tehnikaviy imkoniyatlar asri bo’lmoqda. Shu davrga kelib insonlarning, ayniqsa yoshlarning hayotiga, kelajagiga xavf soluvchi ekstremizm, terrorizm va shunga o’xshash qatlam paydo bo’ldi.

JAHOLATGA QARSHI MARIFAT

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
Respublikamizda bugun yoshlar ta’lim va tarbiyasi davlat siyosatining dolzarb masalalaridan biriga aylanganligi hech kimga sir emas. Sababki, O`zbekiston Respublikasi aholisining oltmish foizidan ko`prog`ini yoshlar tashkil etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o`zgarishlar zamirida har tomonlama barkamol – jismonan sog`lom, aqlan yetuk, nafaqat ko`plab bilimlarni, hozirgi davrda talab katta bo`lgan kasb-hunarlarni egallagan, ayni paytda, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to`g`risida g`amxo`rlik qilishdek ustuvor maqsad mujassam ekanligi tabiiydir.